Янгиликлар
KIMGA DASTLABKI SINOV MUDDATI BELGILANMAYDI
KIMGA DASTLABKI SINOV MUDDATI BELGILANMAYDI
Amaldagi Mehnat kodeksining 129-moddasiga koʻra, quyidagilar ishga qabul qilinganda ularga dastlabki sinov muddati belgilanmaydi
- homilador va 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga toʻlmagan bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
-zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslar;
- davlat grantlari asosida oʻqigan va oliy taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 oy ichida yoʻllanma boʻyicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;
- tegishli taʼlim tashkilotini tamomlagan kundan eʼtiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi boʻyicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari;
- oʻzi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
- 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
- ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar boʻyicha bekor qilgan boʻlsa, oʻsha shaxslar;
- ishlab chiqarishda oʻqitish shartnomasi boʻyicha ushbu ish beruvchida oʻqishni oʻtagan oʻquvchilar;
-jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.
Angren shahar Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish Markazi
bosh yuristkonsulti: Niyazova Shaxlo Gulmuradovna