Янгиликлар
OTALIK YOKI ONALIKKA EʼTIROZ BILDIRISH
OTALIK YOKI ONALIKKA EʼTIROZ BILDIRISH
Oila kodeksining 63-moddasiga asosan,
-tugʻilishni yozish daftaridagi tugʻilishga oid yozuv bolaning unda koʻrsatilgan ota-onadan tugʻilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi.
- Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlgan vaqtdan eʼtiboran bir yil mobaynida ana shu yozuv toʻgʻrisida sud tartibida eʼtiroz bildirishga haqlidir. (Yaʼni, ota-onadan qaysi birida bola mendan emas, mening taʼsirimda emas, men sababli emas, menga aloqador emas va hokazo eʼtirozlar boʻlsa, bolaning tugʻilish guvohnomasidagi ularning ota yoki onaligi belgilanganligini bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan paytdan boshlab manashu 1 yillik muddat ichida sudga shikoyat qilishi mumkin)
Bolaga nisbatan ota yoki onaligiga eʼtiroz bildirmoqchi boʻlgan shaxs voyaga yetmagan boʻlsa bu bir yillik muddat uni 18 yoshga toʻlgan paytdan boshlab hisoblanadi
Angren shahar Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish Markazi
bosh yuristkonsulti: Niyazova Shaxlo Gulmuradovna