Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Mehnat shartnomasi nechta nusxada tuziladi?


Mehnat shartnomasi nechta nusxada tuziladi?

 

      Mehnat kodeksining 106-moddasi birinchi qismida “mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega boʻlgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi” deyilgan.

     "Tanishtirish bosqichi"dan soʻng, shu qoidaga asoslangan holda ishga kiruvchi shaxsga ikki nusxadan iborat boʻlgan mehnat shartnomasi loyihasi taqdim etiladi. Albatta, u tomonidan birma-bir koʻrib chiqib, undan keyin imzolashi uchun.

      Shunday toifa xodimlar borki, ular bilan ikki nusxada emas, uch nusxada mehnat shartnomasi tuziladi. Bularga yakka tartibdagi tadbirkorga yollanib ishlaydigan xodimlar (MK 508-modda) va uy ishchilari (MK 515-moddalar) kiradi.

      Ular bilan mehnat shartnomasi uch nusxada tuzilishiga sabab, mehnat shartnomasining ikkita nusxasi ish beruvchi va xodimda qoldirilsa, uchinchi nusxasi xodim yoki uy ishchisining soliq toʻlovchi sifatidagi majburiyatidan kelib chiqib, joydagi davlat soliq organiga taqdim etiladi.

 

 

Angren shahar Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish Markazi

bosh yuristkonsulti:                                              Niyazova Shaxlo Gulmuradovna