Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xodim qancha vaqtgacha uzluksiz “bolnichniy”da yurishi mumkin❓


Xodim qancha vaqtgacha uzluksiz “bolnichniy”da yurishi mumkin

 

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning 22-bandiga koʻra:

Quyidagi hollarda bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy yekspert komissiyasiga yuboriladi:

aynan bir kasallik boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4 oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;

aynan bir kasallik boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan oʻn ikki oy mobaynida jami 6 oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;

sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 1 oyni tashkil qilsa;

silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida 6 oyni tashkil qilsa.

Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar oʻtmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy yekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror TIYEK raisi tomonidan qabul qilinadi.

 

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markazi boshligʻi

U.A.Tulaganov