Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qanday holatlarda Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanmaydi?


Qanday holatlarda Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanmaydi?

     Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:

     ishdan yoki boshqa vazifalardan boʻyin tovlash maqsadida oʻz salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud oʻzini kasallikka solganda;

     giyohvandlik yoki mastlik bilan bogʻliq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);

     jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;

     sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari);

     hibsda boʻlgan davrda;

     sud-tibbiyot yekspertizasidan oʻtish davrida.

      Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qancha miqdorda beriladi?

     Nafaqa odatda xodimning ish stajidan kelib chiqib hisoblanadi.

     Quyidagi xodimlarga nafaqa ish stajidan qatʼi nazar ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi:

     ishlayotgan 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga;

     baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;

     qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari boʻlgan xodimlarga;

     Chernobil AYESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;

     Chernobil AYESdagi avariya natijasida yevakuasiya qilingan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga;

     mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan xodimlarga.

     Ijtimoiy ahamiyatga yega kasalliklar (sil, onkologiya kasalliklari, xatarli oʻsimtalar, jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklar, OIV/OITS, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) boʻyicha hisobda turgan xodimlarga nafaqa quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:

     – umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;

     – umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining      – umumiy ish staji 5 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.

     Boshqa xodimlarga nafaqa quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:

     – umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sagʻir) yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;

     – umumiy ish staji 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markazi boshligʻi

U.A.Tulaganov