Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Menga 30 % jarima jazosi belgilandi. Yendi har oyda oyligimdan 30% ushlab qolinadimi, chunki jazo 1 yil amal qilar yekanku? Shu toʻgʻrimi?


Menga 30 % jarima jazosi belgilandi. Yendi har oyda oyligimdan 30% ushlab qolinadimi, chunki jazo 1 yil amal qilar yekanku? Shu toʻgʻrimi?

 

     ❗️Bu mutlaqo notoʻgʻri. Avvalo, jarima jazosi oylik ish haqidan yemas balki oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. Oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi bilan MK 257-moddasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Soddaroq tushuntirsak, oʻrtacha oylik ish haqi oylik ish haqi (oklad) dan koʻproq chiqishi mumkin.

 

     ❗️Jarima bir nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bir marta ushlab qolinadi, har oyda yemas. 1 yillik muddat masalasiga kelsak, Mehnat kodeksining 315-moddasiga koʻra intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab 1 yildan oshib ketishi mumkin yemas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.

 

     ❗️Yaʼni Sizga qoʻllanilgan jarima faqat bir marta ushlab qolinadi, lekin Siz olgan jarima jazosining taʼsiri 1 yil amal qiladi. Mana shu 1 yil davomida Sizga ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi.

 

     ⚠️ Diqqat! MK 315-moddasiga koʻra, intizomiy jazoni qoʻllagan ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga koʻra jazoni 1 yil oʻtmasdan oldin ham olib tashlashga haqli. Eʼtibor bering, intizomiy jazoni olib tashlash uchun minimal muddat belgilanmagan. Yaʼni bugun jazo qoʻllab, yertaga olib tashlansa ham boʻlaveradi.

 

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markazi boshligʻi

U.A.Tulaganov