Янгиликлар
KIMLAR YoSHGA DOIR PENSIYAGA MUDDATIDAN OLDIN CHIQISHI MUMKIN
KIMLAR YoSHGA DOIR PENSIYAGA MUDDATIDAN OLDIN CHIQISHI MUMKIN
❇️ SAVOL: Pensiyaga chiqishimga ikki yil qolganda xozirgacha ishlab kelayotgan joyimdan meni shtatimga qisqartirish kelganligi sababli ishsiz qoldim. Hozirda 53 yoshdaman. 23 yillik stajga yegaman. Men shu holatda muddatdan oldin pensiyaga chiqishim mumkinmi ?
✅ JAVOB: Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunning 14-moddasiga koʻra texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil yetishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod yetilgan va ishsiz deb eʼtirof yetilgan shaxslar:
???? Yerkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
???? Ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga yega boʻladilar deb belgilangan.
✅ Demak, Ciz xozirda pensiyaga chiqishingiz uchun mehnat birjasiga murojaat qilasiz va u yerda ishsiz deb roʻyxatga olinganingizdan keyin pensiya yoshiga yetmasdan xam pensiyaga chiqishingiz mumkin boʻladi. Agar mehnat birjasi sizga maqbul keladigan ish topib bersa yana ikki yil ishlab keyin chiqishingiz xam mumkin.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
U.A.Tulaganov