Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

1-MAYDAN BOSHLAB IPOTEKA KREDITLARI RASMIY DAROMADGA EGA BOʻLMAGANLARGA XAM BERILA BOSHLAYDI, LEKIN XAMMAGA XAM EMAS !


1-MAYDAN BOSHLAB IPOTEKA KREDITLARI RASMIY DAROMADGA EGA BOʻLMAGANLARGA XAM BERILA BOSHLAYDI, LEKIN XAMMAGA XAM EMAS !

⚡️ Habaringiz bor, Prezidentning PF-51-son farmoni bilan aholini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha amaldagi tartibga bir qancha oʻzgarishlar kiritilishi belgilangan edi.

❗️Farmonga koʻra, amaldagi tartibga 2023-yil 1-maydan kiritilayotgan oʻzgarishlardan biri bu, banklarda rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning toʻlov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimi joriy qilinishi belgilanganligi boʻldi.

✏️ Bu degani, hozirgi kunda banklarga ipoteka krediti olish uchun murojaat qilsangiz, Siz qayerda ishlashingiz, qancha daromad olishingiz, olgan daromadingizni qancha qismini qayerlarga sarflashingiz, sarf xarajatlaringiz chegirib tashlangan holatiga Sizda qancha daromad qolishi kabi holatlar batafsil oʻrganib chiqiladi va oʻz navbatida bu Sizni ipoteka kredit olishingiz uchun taʼsir koʻrsatadi.

✏️ 1-maydan kiritilayotgan oʻzgarishga koʻra, Siz qayerdadir ishlab rasmiy daromad olayotgan shaxs boʻlmasangiz xam ipoteka krediti olish uchun talabgor boʻla olasiz va joriy etilishi belgilangan skoring tizimi orqali Sizni toʻlovga qobiliyatingizni muqobil usulidan foydalaniladi. Muqobil usul deganda oʻsha rasmiy daromadga ega boʻlmagan talabgorning bank kartasidagi aylanmasi, ijara toʻlovlari, kommunal va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlari xam uning daromadi sifatida inobatga olinadi. Yaʼni, aslida daromaddan chegirib tashlanishi kerak boʻlgan xarajatlar chegirib tashlanmaydi va aksincha Sizni daromadingizni shakllantirishda xisobga olinadi. Bank kartangiz tekshiriladi va kartangizdagi kirdi-chiqdi pullar xam daromadingiz safiga qoʻshiladi.

✏️ Endi masalani lekin xammaga xam emas degan joyiga toʻxtalib oʻtamiz. Toʻgʻri, mazkur farmon bilan rasmiy daromadga ega boʻlmaganlar xam ipoteka krediti olish huquqiga ega boʻlishlari mumkin, ammo oʻsha rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslar norasmiy boʻlsada daromadga ega boʻlishlari kerak. Yuqorida koʻrganingizdek, talabgorni plastik kartasidagi aylanmalar, kommunal va ijara toʻlovlari uchun toʻlangan summalar uning daromadi sifatida qaraladi deyilmoqda. Siz rasmiy joyda ishlamaysiz, lekin bir oyda rasmiy joylarga qanchadir pul toʻlaysiz. Rasman ishlamaysiz, ammo plastik kartangizda bir oyda 5 million pul aylanadi. Demak Sizda rasmiy ish orqali boʻlmasada pul kelib turadigan joyingiz bor. Skoring tizimi anashu norasmiy joylardan topgan mablagʻingizni xam ipoteka krediti olishda daromadingiz safiga qoʻshib xisoblaydigan tizim boʻlishi reja qilingan. Agar skoring tizimi orqali oʻrganilganingizda qanchadir vaqt oraligʻida Sizda anashunday rasmiy boʻlmagan joylardan pul kelib turadigan joyingiz boʻlmasa va plastik kartangizda pul aylanmasa yoki rasmiy joylarga Siz tomoningizdan toʻlov qilinmagan boʻlsa, bu skoring tizimi deganlari Sizga yordam berolmaydi. Agar shu masalada qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa quyida yuristlarimizga yozib qoldiring