Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

KELINNING SEPINI DALOLATNOMA TUZMASDAN UYIGA JOʻNATIB YUBORSAM BOʻLADIMI⁉️


KELINNING SEPINI DALOLATNOMA TUZMASDAN UYIGA JOʻNATIB YUBORSAM BOʻLADIMI⁉️

Bu masalada keyinchalik oʻzingizga kattagina muammo kelib chiqishini xohlamasangiz, kelinning seplarini dalolatnoma tuzib bitta xonaga joylab muhrlab qoʻyishni tavsiya qilamiz.

Bunda dalolatnomani quyidagi shaxslar bilan tuzgan maʼqul:

1.  Oʻzingiz yashaydigan MFY vakili;

2.  Kelin yashaydigan MFYdan vakil;

3.  Hududiy uchastka inspektori;

4.  Mahalla faollaridan (qoʻni-qoʻshni) 1 yoki 2 guvoh.

Dalolatnoma tuzish jarayonida kelin olib kelgan har bir narsa alohida xonaga olish jarayonida roʻyxatga olinadi va dalolatnomaga ilova qilinadi.

Nega bunday deganimizni quyidagicha tushuntiramiz. Oila kodeksi 44-moddasiga muvofiq nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida toʻyni oʻtkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi.

Shuningdek, Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 06-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi uchinchi xatboshisiga asosan toʻyni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha qarzlar va boshqa xarajatlar inobatga olinmaydi.

Yuqoridagi qoidalarning mazmuniga koʻra, sud nikohdan ajrashish haqida ishni koʻrishda kelinning seplari masalasini hal qilmaydi. Bu degani kelin olib kelgan narsalarni qaytarish masalasi fuqarolik qonunchiligi tartibida hal etiladi degani.

Shuni ham aytish kerakki, agar kelin yoki uning oilasi olib kelgan narsalarni siz olib borib bersangiz-u, keyin ular IIBga yoki prokuraturaga narsalar oʻgʻirlandi degan vaj bilan daʼvo qilsa, unda siz shu narslar oʻgʻirlanmaganligini isbotlab berishingizga toʻgʻri keladi.

Shu tufayli yuqoridagi tavsiyaga amal qilishni va fuqarolik sudiga kelinni uydan koʻchirish haqida daʼvo qilishingizni masalahat beramiz.