Янгиликлар
ALIMENTNI OLDINDAN TOʻLASH UCHUN XOTINNING ROZILIGINI OLISH KERAKMI?
ALIMENTNI OLDINDAN TOʻLASH UCHUN XOTINNING ROZILIGINI OLISH KERAKMI?
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunning 42-1-moddasining mazmuniga koʻra qarzdor majburiyatini belgilangan muddatda uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-son qaroriga ilovada tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom muvofiq aliment toʻlovlarini ixtiyoriy ravishda toʻlayotgan jismoniy shaxslar muayyan davr uchun alimentni oldindan toʻlash mumkin.
❌Bu usulda aliment oluvchining roziligi talab etilmaydi.
✅ Shunga koʻra, siz ham alimentni oldindan toʻlash uchun turmush oʻrtogʻingizdan rozilik olishingiz shart emas.
Alimentlarni oldindan toʻlash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun 5 yildan kam boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi. Agar bolalar voyaga yetguniga qadar boʻlgan davr 5️ yildan kam boʻlsa, alimentlarni oldindan toʻlash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.
❇️ Soddaroq aytganda, aliment toʻlovchi:
???? farzandi voyaga yetishiga 5 yildan ortiq vaqt boʻlganda kamida besh yillik alimentni (masalan qarzdorning farzandi 4 yosh boʻlsa, unda birdaniga 5 yillik summani);
???? agar farzandi voyaga yetishiga 5 yildan kam boʻlsa, unda fazandi voyaga yetguncha boʻlgan davr uchun alimentni birdagina toʻlashi kerak.
Misol uchun, farzand 16 yoshga toʻlgan boʻlsa, 2 yillik alimentni biratoʻla toʻlaydi.
❗️Bu usulda faqat pul berish shart emas, bunda undiruvchiga alimentlarni oldindan toʻlash hisobiga koʻchmas (uy-joy, noturar joy) yoki koʻchar mulk (avtotransport vositasi) yoxud boshqa qimmatli ashyo (meros qolgan tilla uzuk) taqdim etilishi mumkin.
☝️Ushbu usulda pulni toʻlash yoki mol-mulkni topshirish 10 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Alimentni birdagina toʻlash haqida ariza tegishli MIB yoki fuqarolik sudga berilishi mumkin.