Янгиликлар
KORXONADA SHTATLAR QISQARGANDA ISHDA QOLISH UCHUN KIMLAR IMTIYOZLI HUQUQQA EGA ?
KORXONADA SHTATLAR QISQARGANDA ISHDA QOLISH UCHUN KIMLAR IMTIYOZLI HUQUQQA EGA ?
✅ Amaldagi Mehnat kodeksining 167-moddasiga asosan, korxonada xodimlar soni (shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq boʻlgan xodimlarga beriladi.
❗️Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil boʻlgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
???? qaramogʻida ikki yoki undan ortiq kishi boʻlgan xodimlarga;
???? oilasida undan boʻlak mustaqil ish haqi oluvchi boʻlmagan shaxslarga;
???? mazkur korxonada koʻp yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga;
???? ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida mehnat shartnomasiga koʻra tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻz malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan shaxslarga oʻqishni tamomlaganidan keyin mutaxassisligi boʻyicha ishlash sharti bilan uch yil mobaynida;
???? mazkur korxonada mehnatda mayib boʻlib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
???? nogironligi boʻlgan shaxslarga;
???? urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
???? atom obyektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bogʻliq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yoʻliqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga.