Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

10 yillik alimentni undirishim mumkinmi?


10 yillik alimentni undirishim mumkinmi?

 

✅ Agar 10 yillik aliment qarzdorligi boʻlsa, undirishingiz mumkin. Oila kodeksining 139-140-moddalari mazmuniga koʻra agar aliment toʻlovchining qarzdorligi mavjud boʻlsa, unda siz MIB orqali bu qarzdorlikni undirishingiz mumkin. Bunda aliment qarzdorligi necha yil ekanligining ahamiyati yoʻq.

❌ Biroq siz birinchi marta aliment undirish haqida soʻrayotgan boʻlsangiz, unda 10 yillik alimentni undira olmaysiz.

Buni quyidagicha tushuntiramiz. Umumiy qoidaga koʻra Oila kodeksi 136-moddasi uchinchi qismiga binoan aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.

Endi qarang! ushbu moddaning toʻrtinchi qismida agar taʼminot uchun mablagʻ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar koʻrilganligi, ammo aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning uni toʻlashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, oʻtgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligi belgilangan.

Ushbu normaning mohiyatini quyidagicha tushuntiramiz. “Taʼminot uchun mablagʻ olish choralari” tushunchasi oʻz ichiga er-xotin aliment haqida kelishuvga erishgan yoki erishmaganligi, xotinning(yoki erning) erga(yoki xotinga) aliment toʻlash haqida maʼlum qilgan (bir necha yil davomida yoki 2-3 yil oldin)yoki qilmaganligi, agar maʼlum qilgan boʻlsa-yu er rad etib kelganligi kabilarni oladi.

✅ Shunday ekan, sizdagi vaziyatda agar siz avval hech boʻlmaganda bir marta sobiq turmush oʻrtogʻingizga aliment toʻlashi haqida aytgan boʻlsangiz, 3 yillik muddatni qoʻllab aliment undirish mumkin.