Янгиликлар
Taʼtil olish xodimning huquqi va ish beruvchining majburiyati. Biroq xodim taʼtil muddati kelganda uni olishi shart.
Taʼtil olish xodimning huquqi va ish beruvchining majburiyati. Biroq xodim taʼtil muddati kelganda uni olishi shart.
Mehnat kodeksi 216-moddasiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Aynan mana shu qoidaga koʻra xodimlar taʼtil olish huquqiga ega.
Ushbu kodeks 235-moddasiga binoan jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida (bundan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilingan hollar mustasno) foydalanilmagan har yilgi mehnat taʼtillarini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutilishi mumkin.
Shunga koʻra, xodim ishlaydigan tashkilotning ichki hujjatlarida mehnat shartnomasi bekor qilinishidan oldin taʼtil olish belgilangan boʻlsa, unda xodim ishdan boʻshashdan oldin taʼtil olishi mumkin.
Bunda arizada mehnat taʼtili olish va taʼtil tugagandan keyin mehnat shartnomasini bekor qilishni soʻrashingiz kerak. Shunda taʼtil muddati tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun sanaladi.
Agar tashkilot ichki hujjatlarida bunday qoida mavjud boʻlmasa, unda xodim MK 234 hamda 172-moddasiga asosan foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya olish mumkin.
Boʻstonliq tumani adliya
boʻlimi YUXKM boshligi
U.A.Tulaganov