Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Chet elda davolanganda bolnichnыy qanday ochiladi?


Chet elda davolanganda bolnichnыy qanday ochiladi?

 

 

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 25-bandiga binoan chet elda vaqtincha boʻlgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni inobatga olib, bemorning yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.

Mana shu qoidaga koʻra siz dastlab istalgan notarial idoraga borib, ingliz tilidagi tibbiy maʼlumotnomani oʻzbek tiliga tarjima qildirib, uni notarial tasdiqlatishingiz lozim.

Bunda notarius Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3113)ga muvofiq hujjatlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisidagi notarial harakatni amalga oshiradi.

Notarial tasdiqlangan tibbiy maʼlumotnomani olib, uni tuman TTBga murojaat qilishingiz lozim. Tibbiyot birlashmasi mazkur maʼlumotnoma asosida sizga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiradi.

 

 

Boʻstonliq tumani adliya

boʻlimi YUXKM boshligi

U.A.Tulaganov