Янгиликлар
Oʻqituvchilarga 100 foizdan 350 foizgacha ustamalar toʻlanadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-55-son farmoni 01.04.2024-yil.
Oʻqituvchilarga 100 foizdan 350 foizgacha ustamalar toʻlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-55-son farmoni 01.04.2024-yil.
Farmonga koʻra 2024/2025 oʻquv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda:
Chet tilini bilish boʻyicha kamida V2 darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etiladi;
matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar (science), informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darslarni chet tilida olib borgan oʻqituvchilarga tarif stavkasiga nisbatan 100 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
Prezident maktablarining mahalliy oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda toʻlanadi:
Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro taʼlim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni oʻqitish boʻyicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish;
Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish boʻyicha kamida S1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish bosh yuriskonsulti : M.X.Shukurov