Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-178-son, 15.05.2024-y.) qabul qilindi.


“Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-178-son, 15.05.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorda hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga oʻqitishga yoʻnaltirilgan “IT-shaharcha”lar tashkil etilishi belgilangan.

Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

·yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yoʻnaltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash boʻyicha intilishlarini ragʻbatlantirish;

·seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn taʼlim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi koʻnikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;

·dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishlarida taʼlim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga oʻqitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;

·yosh avlodni zamonaviy kasblarga oʻqitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish koʻnikmalarini oshirish.

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov