Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ishdan boʻshashning umumiy asoslari


Ishdan boʻshashning umumiy asoslari

Yangi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini bekor qilish, yaʼni ishdan boʻshatishning bir qator asoslari sanab oʻtilgan. Ular quyidagilardan iborat:

???? xodim va ish beruvchi kelishuvi boʻyicha;

???? mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan boʻshash;

???? xodim oʻz xohishi bilan ishdan boʻshashi;

???? ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan boʻshatish;

???? tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning boʻysunuvi oʻzgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;

???? xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;

???? xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun koʻchishni rad etishi;

???? tibbiy xulosaga koʻra xodim sogʻligʻiga toʻgʻri keladigan boshqa ishga oʻtishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish boʻlmagan taqdirda;

???? xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha;

???? yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan oʻtmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish boʻyicha;

????alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan boʻshatish asoslari mustahkamlangan asoslar boʻyicha.

 

YPX xodimi jarimadan qarzingiz boʻlsa avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kirib qoʻyishga xaqlimi?

Bugungi kunda koʻpchilikni shu savol oʻylantirmoqda shu masalaga atroflicha toʻxtalaman.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 291-moddasiga asosan Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasiga binoan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi. Deb belgilangan.

Yaʼni bu yerda sizning avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirish uchun 2 ta asos boʻlishi kerak.

1. Sizga jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarimani toʻlanmagan boʻlishingiz kerak. (jarimani toʻlashning 60 kunlik muddati oʻtmagan boʻlsa ham olib kira olmaydi )

2. Transport vositasi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasi boʻlishi kerak.

❗️ Yaʼni YPX xodimi ogʻzaki gap bilan sizni qarzingiz bor ekan avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kiramiz deya olmaydi. Qachonki qoʻlida vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasi boʻlsagina avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi mumkin.

Qoʻlida qarori boʻlmasa avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishiga yoʻl qoʻymang. Jarima maydoniga olib kirish toʻgʻrisidagi raxbarning yozma koʻrsatmasini talab qiling.

❗️ Raxbarning yozma koʻrsatmasisiz avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi noqonuniy.

 

 

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish bosh yuriskonsulti :                           M.X.Shukurov