Янгиликлар
Ishga tiklash oʻrniga uch oylik ish haqi
Ishga tiklash oʻrniga uch oylik ish haqi
Mehnat kodeksining 175-moddasiga binoan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganligi oqibatida xodimga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash:
➖majburiy progul vaqti uchun haqni majburiy ravishda toʻlashdan;
➖mehnat shartnomasi bekor qilinganligi ustidan shikoyat qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni (mutaxassislarning maslahatlari, ish yuritishga doir xarajatlar va boshqalar) kompensatsiya qilishdan iborat.
Qarang! Maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish miqdori ish beruvchining harakatlarini baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas.
⚠️Sud ishga tiklash oʻrniga xodimning iltimosiga koʻra uning foydasiga uch oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha tovon undirishi mumkin.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov