Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Har yilgi mehnat taʼtili kimlarga qanchadan hisoblanadi?


Har yilgi mehnat taʼtili kimlarga qanchadan hisoblanadi?

Har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi (MK-216). Ish berevchilar xodimga mehnat taʼtili berishda eʼtibor berishlari kerakki, ularga berilgan yillik mehnat taʼtilining muddati 21 kalehndar kundan kam boʻlmasligi kerak.

Ishxonalarda shunday xodimlar borki, ularga yillik taʼtil boshqalarga qaragan koʻproq berili shart. Masalan:

oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga — oʻttiz kalendar kun;

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga — oʻttiz kalendar kun.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil beriladi.

Bundan tashqari har yilgi uzaytirilgan taʼtilni kengaytirishni jamoa shartnomalarida ham belgilash mumkinligini koʻrsatadi. Qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan koʻpaytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin. (MK-218)

Masalan, korxoanda ish beruvchi oʻz xodimlariga taʼtilni 21 kalendar kundan berayotgan boʻlsa, jamoa shartnomasida 3 kalendar kun qoʻshib berilishi kerakligi belgilangan boʻlsa, xodimga 24 kalendar kundan iborat taʼtil beriladi. Agar xodim nogironligi boʻlgan xodim boʻlsa, unga 30 kalendar kun + 3 kun jamoa shartnomasidashgi 3 kalendar kun bilan 33 kalendar kun yillik uzaytirilgan taʼtil beriladi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

bosh yuriskonsulti

Sh.Mirzaaxmedov