Янгиликлар
Milliy va xorijiy sertifikatlar masalasida pedagoglardan birqancha savollar kelmoqda nimalar oʻzgardi?
Milliy va xorijiy sertifikatlar masalasida pedagoglardan birqancha savollar kelmoqda nimalar oʻzgardi?
29.05.2024-yil kuni 3515 -sonli Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qarori bilan pedagoglarga ustama beruvchi milliy va xorijiy sertifikatlarda quydagicha oʻzgarishlar boʻldi.
1. Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi (60 balldan yuqori), boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi (46 balldan yuqori) sertifikat uchun ustama beriladigan boʻldi.
2. Xorijiy sertifikatlar bilan bogʻliq. TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ham ustama beriladigan boʻldi. Ammo bir sharti bor. Yaʼni ushbu 4 ta sertifikatlar CEFR tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama toʻlanadi. Agar CEFR tizimining B2 sertifikati boʻlmasa, unda TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari uchun ustama berilmaydi.
Shuningdek, barcha TESOL, TEFL va TESL sertifikatlari oʻqituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shugʻullanishi va kamida 40 soatlik oʻqituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov