Янгиликлар
Homilador ayollarga antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash uchun qoʻshimcha boʻsh kunlar berilishi shart
Homilador ayollarga antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash uchun qoʻshimcha boʻsh kunlar berilishi shart
Mehnat kodeksida Homilador ayollarga antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash uchun qoʻshimcha boʻsh kunlar berilishi keltirilgan (MK-403). Unga koʻra Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy koʻriklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha boʻsh kunlar berishi shart.
Etibor bergan boʻlsangiz, ish beruvchiga bunday taʼtilni berish shart qilib qoʻyilgan. Ikkinchidan, bu berilgan kunlarda hodim uchun oʻrtacha ish haqi toʻliq saqlanib qoldi.
Antenatal (tugʻruqqacha) parvarishning tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan. Xususan, Nizomning 13-bandida antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash homilador ayollar homiladorlik davomida kamida 7-marta oʻtadigan kompleks tashxis qoʻyish, davolash va profilaktika tadbirlarini nazarda tutishi koʻrsatilgan.
Bu holatni ish beruvchi qanday rasmiylashtirishi kerak? Albatta bunday vaziyat buyruq bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ish beruvchi taqdim etilgan maʼlumotnoma asosida xodimani tekshiruvdan oʻtish kunida oʻrtacha ish haqi saqlanib qolgan holda xizmat vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi lozim boʻladi. Ish haqi bu kunlar uchun MKning 257-moddasi asosida hisob kitob qilinadi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov