Янгиликлар
BEGONA SHAXSLARNI UYDAN ROʻYXATDAN CHIQARISH UCHUN ULARNING ROZILIGI TALAB YETILMAYDI
BEGONA SHAXSLARNI UYDAN ROʻYXATDAN CHIQARISH UCHUN ULARNING ROZILIGI TALAB YETILMAYDI
Vazirlar Mahkamasining 05.01.2024-yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 9-son Qarori qabul qilindi.
Turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga yega boʻlmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy roʻyxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilinmoqda (bundan taraflar oʻrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno).
Shuningdek, Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensasiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.
Respublika kompensasiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan yer uchastkalari jamoat yehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi
U.A.Tulaganov