Янгиликлар
Kimlar mamuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlamaydi?
Kimlar mamuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlamaydi?
Davlat boji toʻgʻrisidagi Qonunning 10-moddasiga koʻra maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda
jismoniy shaxslar — oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda.
Mahalla raisi saylovida yaqin qarindoshlari ovoz berishi mumkinmi?
JAVOB:
2018-yil 16-oktyabrdagi “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi
499-sonli qonunning 4-bobi mazkur saylovni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Unga koʻra saylov Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan oʻtkaziladi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.
Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan fuqarolar, qoida tariqasida, fuqarolarning vakillari boʻlishi mumkin.
Eʼtibor bering! mazkur qonunning 18-moddasiga koʻra Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar fuqarolar vakillari yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular fuqarolar vakillari tarkibidan chiqariladi.
Qoʻshimcha tarzda, Fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam koʻrsatish uchun hududlarda komissiyalar tuziladi.
Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar komissiyaga aʼzo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.
Yuqoridagilardan xulosalash mumkinki, ushbu saylovda nomzodning yaqin qarindoshlar ovoz berishi mumkin emas.