Янгиликлар
“Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida”
“Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasida”
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini taʼminlash borasida samarali ishlar amalga oshirildi.
Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda ham xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish belgilangan. Jumladan, Konstitutiyaning
58 moddasiga muvofiq: Xotin-qizlar va yerkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va yerkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashi belgilangan.
Bundan tashqari, 2019-yil 2 sentabrda mamlakatimizda gender tenglik siyosatini amalga oshirilishini taʼminlash va xotin-qizlar huquqlarini kafolatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va yerkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq: Davlat xotin-qizlar va yerkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok yetishni, sogʻliqni saqlash, taʼlim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar taʼminlanishini kafolatlashi belgilandi.
Shuningdek, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yuoʻnalishlari quyidagilar belgandi:
- xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;
- xotin-qizlarning huquqlari, yerkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilinishini taʼminlash;
- xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish.
Bundan tashqari, 2022-yil 7-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon bilan xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasida ularga oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki taʼlim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarning taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat byudjetidan har yili 1,8 trillion soʻm resurs mablagʻlari yoʻnaltirildi. Farmon bilan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha —50 nafar, magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha —10 nafar xotin-qizlarga har yili “Yel-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali qoʻshimcha grantlar ajratib borilishi belgilandi.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda turli darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1500 nafardan ortiq, shu jumladan vazirlik va idoralarda, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. Davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish maqsadida 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi kunda ularni turli rahbarlik lavozimlariga tayyorlash boʻyicha tizimli oʻquvlar tashkil yetilmoqda Ichki ishlar vazirligi tizimida 16 nafar ayol rahbarlik, 6 nafar ayol hokimlik lavozimini yegalladi. Turli darajadagi davlat mukofoti sovrindorlari boʻlgan xotin-qizlar soni 2 ming 224 nafarga yetdi. Bugungi kunga qadar 577 nafar ayol “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda xotin-qizlar soni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz parlamenti xotin-qizlar soni boʻyicha dunyodagi 190 tamilliy parlament oʻrtasida 37-oʻringa koʻtarildi. Mamlakatimizda tadbirkor va fermer xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash borasida qoʻshimcha kafolatlar berildi.
Xulosa oʻrnida taʼkidlash lozimki, yuqorida qayd yetilgan islohotlar xotin-qizlar uchun jamiyatimizda yerkaklar bilan bir qatorda teng imkoniyatlar yaratib, ularning jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirokini kengaytirish, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf yetish hamda ularning oldini olishda muhim ahamiyatga yega.