Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kiberjinoyatchilik xavfi ortib bormoqda


Kiberjinoyatchilik xavfi ortib bormoqda

 

Soʻngi yillarda internet hamda ijtimoiy tarmoqlarning shiddat bilan rivojlanishi hamda insonlarda jamiyat hamda boshqa shaxslar qarshi qaratilgan xavfli qilmishlar sodir yetish imkoniyatlarini ham oshirdi. Buni birgina soʻnggi kunlarda mamlakatimizda kiberjinoyatchilikning koʻpaygani va bundan koʻpgina fuqarolarimiz jabr koʻrayotganligini koʻrishimiz mumkin.

Avvalo, kiberjinoyatchilik nima yekanligi hamda ushbu harakatning insonlarga xavfli jihatlari nimalarda koʻrinishini bilib olishimiz lozim.

Avvalo, kiberjinoyatchilikka qarshi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 15-aprelda “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingan boʻlib, ushbu qonunga muvofiq: kiberjinoyatchilik — axborotni yegallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi tushuniladi.

Shuni taʼkidlash kerakkki, kiberjinoyatchilik kiber makonda sodir boʻladi. Kibermakon — axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit.

“Kiberjinoyatchilik” tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, yelektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, maʼlumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini oʻgʻirlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi.

Kiberjinoyat — kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir yetiluvchi jinoyat turi. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yoʻnaltirilgan qurol vazifasini bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar yetkazish maqsadida sodir yetiladi. Kiberjinoyatlar asosan moliyaviy daromad olish maqsadida amalga oshiriladi.

Kiberjinoyat virtual makondagi ijtimoiy xavfli qilmish boʻlib, uni kompyuter texnologiyalari va boshqa axborot telekommunikatsiya vositalari yordamida modellashtirilgan kiberjinoyat deb taʼriflash mumkin. Kiberjinoyatga kompyuter tizimi yoki tarmogʻida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir yetilishi mumkin boʻlgan har qanday jinoyat kiradi. Kibermakonda sodir yetilgan ushbu jinoyatlar kompyuterlar, kompyuter dasturlari, kompyuter tarmoqlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, kompyuter maʼlumotlarini ruxsatsiz kirish, nusxa olish, oʻzgartirish, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari yordamida yoki ular orqali sodir yetilgan boshqa noqonuniy ijtimoiy xavfli harakatlardir. Jinoyat huquqida kiberjinoyat umumiy taʼrif berilgan boʻlib, uning tor maʼnosida axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni ham qamrab oladi, bunda kompyuter texnologiyalari subyekti, axborot xavfsizligi jinoyat obyekti hisoblanadi.

Kiberjinoyatchilikni oldini olish uchun yeng avvalo, kiberxavfsizlikni kuchaytirish lozim. Kiberxavfsizlik — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati.

Kiberxavfsizlik - bu kompyuterlar, serverlar, mobil qurilmalar, yelektron tizimlar, tarmoqlar va maʼlumotlarni zararli hujumlardan himoya qilish amaliyotidir. U axborot texnologiyalari xavfsizligi yoki yelektron axborot xavfsizligi sifatida ham tanilgan. Bu atama biznesdan tortib mobil hisoblashgacha boʻlgan turli kontekstlarda qoʻllaniladi va bir necha umumiy toifalarga boʻlinishi mumkin. Odatda, kiberxavfsizlik quyidagilarni anglatadi: shaxslar, kiberxavfsizlik ularning shaxsiy maʼlumotlari oʻzi va oʻzlari shunday vakolatga yega boʻlganlardan boshqa hech kim uchun mavjud yemasligini va ularning kompyuterlari toʻgʻri ishlashini va zararli dasturlardan xoli yekanligi, kichik biznes yegalari ,kiberxavfsizlik kredit karta maʼlumotlari toʻgʻri himoyalanganligini va maʼlumotlar xavfsizligi standartlari savdo nuqtalari registrlarida toʻgʻri bajarilishini taʼminlashni oʻz ichiga olishi mumkin. Shuningdek, onlayn biznes olib boradigan firmalar, kiberxavfsizlik oʻz ichiga ishonchli serverlar bilan doimiy ishlaydigan serverlarni himoya qilish kiradi. Yani, kiberxavfsizlik bu oʻz navbatida koʻplab turli tashkilotlarga tegishli boʻlgan koʻplab virtual serverlarga yega boʻlgan koʻp sonli serverlarni oʻz ichiga olgan koʻplab maʼlumot markazlarini himoya qilishni talab qilishi mumkin.

Shuni aytish lozimki, “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Yuqorilardagidan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, axborot texnologiyalarisohasi jadal rivojlanib borayotgan zamonda u bilan bogʻliq turli tuman muammolar yuzaga kelmoqda. Shunday yekan, internet xavfsizligini taʼminlash va bu kabi jinoyatlarning oldini olish faqatgina davlatning yemas, balki internet xizmatidan foydalanayotgan har bir mustaqil shaxsning ham burchi hisoblanmogʻi darkor. Xodimlarni kiberxavfsizlik asoslariga oʻrgatish ushbu sohada xarajatlarni yanada samarali rejalashtirishga yordam beradi.