Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qonunchiligimizda bola huquqlarining kafolati


Qonunchiligimizda bola huquqlarining kafolati

 

Mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining yeng muhim yunalishlaridan biri hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan sogʻlom bolaning tugʻilishi va rivojlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbir amalga oshildi va hozirda ham bu siyosat davom yetmoqda.

Mamlaktimizda bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan mustahkam qonunchilik tizimi yaratilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning XIV bobi - oila, bolalar va yoshlar deb belgilanishi ham fikrimizning yorqin isboti hisoblanadi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning 78-moddasida: farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun yeng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati yekanligi belgilangan.

Barchamizga maʼlumki, 1948-yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan. 1989-yil
20-noyabrda yesa Bosh Assambleya rezolyusiyasi asosida “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya qabul qilindi. Oʻzbekiston davlati bu konvensiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi.

Bundan tashqari, 2008-yil 7-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonun qabul qilindi. Bu qonun bilan bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi.

Ushbu qonunga muvofiq: bola (bolalar) — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʻlgan shaxs (shaxslar) hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu qonunda davlat bolaning shaxsi, uy-joy daxlsizligini,

xat-xabarlari sir tutilishini taʼminlaydi hamda bolani yekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy harakatlar sodir yetishga jalb yetilishidan himoya qilinishini amalga oshirishi belgilandi.

Bola   huquqlari,   yerkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish   tizimini yanada   takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning taʼsirchan tizimini yaratish maqsadida 2019-yil 22-aprelda yana bir huquqiy hujjat: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–4296-son qarori qabul qilindi va unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)oʻrinbosari – joriy yetildi. Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy yetilishi natijasida mamlakatimizda bola huquqlari himoyasining tashkiliy va institutsional asoslari yanada mustahkamlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-maydagi “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida bolalarning huquq va manfaatlariga qarshi qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik belgilangan. Jumladan, 47-moddasiga muvofiq: Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir yetishiga olib kelishi - bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.

Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, davlatimizning bola huquqlarini himoya qilish yuzasidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qoʻyilgan normalarni hayotga izchil tadbiq yetish yoʻlida olib borayotgan siyosati Bolaga va uning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan. Biror bir bolaning huquqi sud organining asoslantirilgan qaroridan tashqari   hech bir organ   yoki mansabdor   shaxs tomonidan cheklanishi mumkin yemas.