Янгиликлар
Nogiron farzandni tarbiyalayotgan xodimlarga mehnat qonunchiligida belgilangan kafolatlar
Nogiron farzandni tarbiyalayotgan xodimlarga mehnat qonunchiligida belgilangan kafolatlar
Mamlakatimizda nogiron farzandi tarbiyalayotgan xodimlarga alohida imtiyoz hamda kafolatlar belgilangan va bu kabi kafolatlardan foydalanishga toʻsqinlik qilmoqchi yoki buni amalga oshirishga qarshi chiqayotgan ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tarzda javobarlikka tortiladi.
Biz nogiron farzandni tarbiya qilayotgan xodimlarga qanday kafolatlar mavjudligini quyida koʻrib chiqamiz. Avvalo, Mehnat kodeksning
398 moddasiga koʻra: oʻn olti yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan birining (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsning) iltimosiga koʻra tibbiy xulosaga binoan toʻliqsiz ish vaqti belgilashi shartligi belgilangan.
Bundan tashqari, biz bilamizki, mehnat qonunchiligiga asosan birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan 6 (olti) oy oʻtganidan keyin yuzaga keladi. Ammo, Mehnat kodeksning 227-moddasiga muvofiq: oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan shaxslarga (yolgʻiz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva yerkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) – ish davri olti oy oʻtguniga qadar xodimning xohishiga koʻra quyidagilarga har yilgi mehnat taʼtili beriladi.
Shuni taʼkidlash kerakki, hozirda koʻp nogiron farzandni tarbiyalayotgan xodimlar qoʻshimcha dam olish huquqi borligini bilishmaydi. Vaholangki, Mehnat kodeksining 399-moddasiga koʻra: oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga) oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlanadi.
Bundan tashqari, bu toifadagi xodimlar yillik mehnat taʼtillarini olishda ham huquqlari kafolatlangan boʻlib, Mehnat kodeksining 400-moddasiga muvofiq: oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz otaga, yolgʻiz onaga (beva yerkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolgʻiz onalarga) yillik mehnat taʼtillari, ularning xohishiga koʻra, ular uchun qulay boʻlgan vaqtda beriladi.
Shuningdek, nogiron farzandni tarbiyalayotgan xodimlarga mehnat taʼtili olishdagi imtiyozdan tashqari, ularga oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida toʻrt kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda xodimlarning imkoniyati hamda sharoitidan kelib chiqqan holda ularga qoʻshimcha shart-sharoit yaratilgan va yaratilmoqda. Fikrimizning isboti sifatida nogiron farzandni tarbiyalayotgan xodimlarga Mehnat kodeksi bilan ularga berilgan kafolatlarni koʻrishimiz mumkin. Oʻylaymanki, jamiyatning rivojlanishi va taraqqiy yetishida davlatning oʻz fuqarolariga yaratayotgan imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb yetadi.