Янгиликлар
Soliq majburiyati nima va majburiyatni bajarish tartibi va muddati qanday?
Soliq majburiyati nima va majburiyatni bajarish tartibi va muddati qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 85-moddasida soliq majburiyati belgilangan boʻlib, unga koʻra: Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan soliq toʻlovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yigʻimlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish hamda oʻz vaqtida toʻlash majburiyati ularning soliq majburiyatidir. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, oʻziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof yetiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va oʻz vaqtida oʻtkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi. Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud boʻlganda yuzaga keladi, oʻzgartiriladi va tugatiladi. Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq toʻlovchiga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni toʻlashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran yuklatiladi.
Shuningdek ushbu kodeksning 86-moddasida Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati belgilan boʻlib, unga muvofiq: Soliq toʻlovchi oʻzining soliq majburiyatini, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mustaqil ravishda bajaradi. Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining soliq majburiyati oʻzga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchi uning soliq majburiyati oʻzga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi natijasida olgan moddiy naf soliq solish maqsadlarida shu soliq toʻlovchining daromadi deb eʼtirof yetilmaydi. Oʻzga shaxs oʻzi tomonidan soliq toʻlovchi uchun toʻlangan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli yemas.
Soliq majburiyati soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, oʻn kunlik va kun) oʻtishi bilan belgilanadi. Muddatning oʻtishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish muddatining soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi kerak. Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Soliq toʻlovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma yuborilishi uchun asos boʻladi.