Янгиликлар
“Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda”
“Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda”
Mamlakatimizda davlat xizmati sohasida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zkekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may sanasida qabul qilingan “Ma’muriy isohatlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi 80-son Farmoni qabul qilinishi hamda unda davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi tartibi joriy etilishi hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonida byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yishning belgilab qo‘yilishi ham fikrimizning yorqin ifodasi hisoblanadi.
Ushbu Farmonga muvofiq: 2024-yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinishi belgilandi. Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o‘tish bepul asosda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan:
Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko‘ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan arxiv hujjatlari o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishida, ularning elektron nusxalarini talab etish amaliyoti bekor qilinadi.
Chinoz tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Galiyev Rinat