Янгиликлар
Endi "dekret" "dekretga" ulansa pul to’lanmas emish? Shu to’g’rimi?
Endi "dekret" "dekretga" ulansa pul to’lanmas emish? Shu to’g’rimi?
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo’riqnoma [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667] (https://lex.uz/docs/-2625878) 29-bandiga ko’ra, bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.
Hisob-kitob qanday qilinadi? “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 -son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 49-50-bandlariga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug‘urta badallari undirilib to‘lanadigan jami ish haqi to‘lovlari kiradi.
Nizomning 58-bandiga ko'ra, xodim uzrli sabablarga ko‘ra ish haqiga ega bo‘lmagan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqidan nafaqa hisoblab chiqarilishi lozim bo‘lgan hollarda nafaqa tarif stavkasi (lavozim maoshi) va mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi lozim. Bunda tarif stavkasi yoki eng kam ish haqi tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan joylarda ishlaganlik uchun beriladigan ustamalarni hisobga olgan holda asos qilib olinadi.
Chinoz tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Galiyev Rinat