Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son "AYRIM TURDAGI NAFAQALARNI TAYINLASH VA TO‘LASHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son "AYRIM TURDAGI NAFAQALARNI TAYINLASH VA TO‘LASHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi qarori qabul qilindi
Qaror 24.06.2024 dan kuchga kirdi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallik vaqtida (shikastlanishda), sanatoriy va sog‘lomlashtirish muassasalarida davolanganda, kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda, xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini berish tartibi;
homiladorlik va tug‘ish davrida, yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan hamda bolani parvarishlash ta’tilidagi xodimlarga nafaqalarni hisoblash, tayinlash va to‘lash tartibi;
b) Budjet tashkilotlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarda ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
bola parvarishi bo‘yicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar, har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida to‘lanishi;
ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash ta’tili davrida nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi.
Chinoz tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Galiyev Rinat