Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodim bola parvarishi davrida 2-farzandiga dekretga chiqsa, ham bola parvarish nafaqasini, ham dekret pulini olishga haqlimi?


Xodim bola parvarishi davrida 2-farzandiga dekretga chiqsa, ham bola parvarish nafaqasini, ham dekret pulini olishga haqlimi?

 

Yo’q, onaning tanlovi asosida nafaqaning faqat bir turi tayinlanadi va to‘lanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 2-ilova “Budjet tashkilotlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarda ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizom (https://lex.uz/docs/-6978570#-6980433) ning 8-bandiga ko’ra, agar ona bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi davrida ikkinchi farzandga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til olish huquqiga ega bo‘lsa, onaning tanlovi asosida nafaqaning faqat bir turi tayinlanadi va to‘lanadi.

Odatda dekret puli ko’proq chiqadi. Aytaylik, 126 kunga (taxminan 4 oy) 5 mln dekret puli chiqdi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida ya’ni 630 ming so’m to‘lanadi. 630*4 oy=2mln 520 ming

 

Demak, bu holatda ayol tabiiyki, dekret pulini tanlaydi! Agar dekret puli bola parvarishi bo‘yicha nafaqadan kam chiqsa, unda ayol bola parvarishi bo‘yicha nafaqani tanlaydi.

 

⚠️ Diqqat! Budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarga va onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga bolalar nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.

 

Chinoz tumani adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i Galiyev Rinat