Янгиликлар
Kiberjinoyatchilik xavfi ortib bormoqda
Kiberjinoyatchilik xavfi ortib bormoqda
So‘ngi yillarda internet hamda ijtimoiy tarmoqlarning shiddat bilan rivojlanishi hamda insonlarda jamiyat hamda boshqa shaxslar qarshi qaratilgan xavfli qilmishlar sodir yetish imkoniyatlarini ham oshirdi. Buni birgina so‘nggi kunlarda mamlakatimizda kiberjinoyatchilikning ko‘paygani va bundan ko‘pgina fuqarolarimiz jabr ko‘rayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Avvalo, kiberjinoyatchilik nima yekanligi hamda ushbu harakatning insonlarga xavfli jihatlari nimalarda ko‘rinishini bilib olishimiz lozim.
Avvalo, kiberjinoyatchilikka qarshi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-aprelda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunga muvofiq: kiberjinoyatchilik — axborotni yegallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi tushuniladi.
Shuni ta’kidlash kerakkki, kiberjinoyatchilik kiber makonda sodir bo‘ladi. Kibermakon — axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit.
«Kiberjinoyatchilik» tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, yelektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma’lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o‘g‘irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi.
Kiberjinoyat — kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir yetiluvchi jinoyat turi. Kompyuter jinoyat paytida maqsadli yo‘naltirilgan qurol vazifasini bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va moliyaviy saviyasiga zarar yetkazish maqsadida sodir yetiladi. Kiberjinoyatlar asosan moliyaviy daromad olish maqsadida amalga oshiriladi.
Kiberjinoyat virtual makondagi ijtimoiy xavfli qilmish bo‘lib, uni kompyuter texnologiyalari va boshqa axborot telekommunikatsiya vositalari yordamida modellashtirilgan kiberjinoyat deb ta’riflash mumkin. Kiberjinoyatga kompyuter tizimi yoki tarmog‘ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir yetilishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyat kiradi. Kibermakonda sodir yetilgan ushbu jinoyatlar kompyuterlar, kompyuter dasturlari, kompyuter tarmoqlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, kompyuter maʼlumotlarini ruxsatsiz kirish, nusxa olish, o‘zgartirish, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari yordamida yoki ular orqali sodir yetilgan boshqa noqonuniy ijtimoiy xavfli harakatlardir. Jinoyat huquqida kiberjinoyat umumiy ta’rif berilgan bo‘lib, uning tor ma’nosida axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni ham qamrab oladi, bunda kompyuter texnologiyalari sub’yekti, axborot xavfsizligi jinoyat ob’yekti hisoblanadi.
Kiberjinoyatchilikni oldini olish uchun yeng avvalo, kiberxavfsizlikni kuchaytirish lozim. Kiberxavfsizlik — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati.
Kiberxavfsizlik - bu kompyuterlar, serverlar, mobil qurilmalar, yelektron tizimlar, tarmoqlar va ma’lumotlarni zararli hujumlardan himoya qilish amaliyotidir. U axborot texnologiyalari xavfsizligi yoki yelektron axborot xavfsizligi sifatida ham tanilgan. Bu atama biznesdan tortib mobil hisoblashgacha bo‘lgan turli kontekstlarda qo‘llaniladi va bir necha umumiy toifalarga bo‘linishi mumkin. Odatda, kiberxavfsizlik quyidagilarni anglatadi: shaxslar, kiberxavfsizlik ularning shaxsiy ma’lumotlari o‘zi va o‘zlari shunday vakolatga yega bo‘lganlardan boshqa hech kim uchun mavjud yemasligini va ularning kompyuterlari to‘g‘ri ishlashini va zararli dasturlardan xoli yekanligi, kichik biznes yegalari ,kiberxavfsizlik kredit karta ma’lumotlari to‘g‘ri himoyalanganligini va ma’lumotlar xavfsizligi standartlari savdo nuqtalari registrlarida to‘g‘ri bajarilishini ta’minlashni o‘z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, onlayn biznes olib boradigan firmalar, kiberxavfsizlik o‘z ichiga ishonchli serverlar bilan doimiy ishlaydigan serverlarni himoya qilish kiradi. Yani, kiberxavfsizlik bu o‘z navbatida ko‘plab turli tashkilotlarga tegishli bo‘lgan ko‘plab virtual serverlarga yega bo‘lgan ko‘p sonli serverlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab ma’lumot markazlarini himoya qilishni talab qilishi mumkin.
Shuni aytish lozimki, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Yuqorilardagidan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, axborot texnologiyalarisohasi jadal rivojlanib borayotgan zamonda u bilan bog‘liq turli tuman muammolar yuzaga kelmoqda. Shunday yekan, internet xavfsizligini ta’minlash va bu kabi jinoyatlarning oldini olish faqatgina davlatning yemas, balki internet xizmatidan foydalanayotgan har bir mustaqil shaxsning ham burchi hisoblanmog‘i darkor. Xodimlarni kiberxavfsizlik asoslariga o‘rgatish ushbu sohada xarajatlarni yanada samarali rejalashtirishga yordam beradi.
Chinoz tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Galiyev Rinat