Янгиликлар
Qonunchiligimizda bola huquqlarining kafolati
Qonunchiligimizda bola huquqlarining kafolati
Mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining yeng muhim yunalishlaridan biri hisoblanadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbir amalga oshildi va hozirda ham bu siyosat davom yetmoqda.
Mamlaktimizda bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan mustahkam qonunchilik tizimi yaratilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning XIV bobi - oila, bolalar va yoshlar deb belgilanishi ham fikrimizning yorqin isboti hisoblanadi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 78-moddasida: farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun yeng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati yekanligi belgilangan.
Barchamizga ma’lumki, 1948-yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan. 1989 yil
20 noyabrda yesa Bosh Assambleya rezolyusiyasi asosida “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi. O‘zbekiston davlati bu konvensiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi.
Bundan tashqari, 2008 yil 7 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Bu qonun bilan bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
Ushbu qonunga muvofiq: bola (bolalar) — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar) hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu qonunda davlat bolaning shaxsi, uy-joy daxlsizligini,
xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlaydi hamda bolani yekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir yetishga jalb yetilishidan himoya qilinishini amalga oshirishi belgilandi.
Bola huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida 2019 yil 22 aprelda yana bir huquqiy hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4296-son qarori qabul qilindi va unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)o‘rinbosari – joriy yetildi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi joriy yetilishi natijasida mamlakatimizda bola huquqlari himoyasining tashkiliy va institutsional asoslari yanada mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-maydagi “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida bolalarning huquq va manfaatlariga qarshi qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik belgilangan. Jumladan, 47-moddasiga muvofiq: Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir yetishiga olib kelishi - bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, davlatimizning bola huquqlarini himoya qilish yuzasidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan normalarni hayotga izchil tadbiq yetish yo‘lida olib borayotgan siyosati Bolaga va uning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Biror bir bolaning huquqi sud organining asoslantirilgan qaroridan tashqari hech bir organ yoki mansabdor shaxs tomonidan cheklanishi mumkin yemas.
Chinoz tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Galiyev Rinat