Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Assalomu alaykum man 3 yillik bola parvarishi taʼtilidan soʻng ishdan boʻshamoqchiman. Manga ishdan boʻshayotganda qilinadigan hisob kitob puli toʻlanadimi?


Assalomu alaykum man 3 yillik bola parvarishi taʼtilidan soʻng ishdan boʻshamoqchiman. Manga ishdan boʻshayotganda qilinadigan hisob kitob puli toʻlanadimi?

 

Albatta siz bilan hisob kitob qilinadi. Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.

Hisob-kitob xodimga: oxirigacha olinmagan ish haqini;

xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;

agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

 

Parkent tumani adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon