Янгиликлар
Xodimning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og‘ir kasallikka chalinganda ham moddiy yordam beriladimi?
Xodimning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og‘ir kasallikka chalinganda ham moddiy yordam beriladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning https://lex.uz/docs/-4532496 33-bandiga ko’ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
❗️E’tibor bering, xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda deyilmoqda. Ya’ni nafaqat xodim, balki uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og’ir kasallikka chalinsa ham moddiy yordam berilishi mumkin. Endi keyingi jumlaga e’tibor bering, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ya’ni bu holatda aynan xodim tabiiy ofatdan zarar ko’rishi kerak, yaqin qarindoshi tabiiy ofatdan zarar ko’rsa moddiy yordam berilmaydi.
⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, nafaqat xodim, balki uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og’ir kasallikka chalinsa ham moddiy yordam berilishi mumkin.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon