Янгиликлар
O ‘qituvchi sudlansa ishdan bo‘shatsa bo‘ladimi
O ‘qituvchi sudlansa ishdan bo‘shatsa bo‘ladimi
Amaldagi Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan, shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.
Agar sizdagi holat bo‘yicha sud tayinlagan jazoga asosan, xodim o‘qituvchilik huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa, u o‘z faoliyatini davom ettiraolmaydi. Bunda o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinchi qismi 3-bandiga ko‘ra xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, o‘sha sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi munosabati bilan bekor qilinadi.
Xodimning ta’tilda yoki ishda ekanligi mehnat shartnomasini bekor qilishga to‘sqinlik qilmaydi. Ya’ni xodim ta’tilda bo‘lsa ham uni ish beruvchi yuqoridagi asosga ko‘ra ishdan bo‘shatib yuboraveradi. Bunga hech qanday taqiq yo‘q.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon