Янгиликлар
O‘qituvchiga ta’til puli qanday to‘lanadi?
O‘qituvchiga ta’til puli qanday to‘lanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.06.2023 yildagi 263-son “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko’ra, ushbu me’yorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi https://lex.uz/ru/docs/-6516542
O’qituvchi ta’tili 56 kalendar kun. 56 (ta'til kunlari)/12 (1 yildagi oylar soni) = 4.66666666667…. Diqqat! Bu natija yaxlitlanmaydi, ayrimlar xato qilib buni 5 qilib yaxlitlab qo’yishmoqda. Chunki MK 224-moddasiga ko’ra, ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko‘p o‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.
4.66666666667*9 (ishlangan oylar soni ) = 42. E’tibor bering, bu 42 kalendar kun, ta’til puli esa ish kuniga to’lanadi. Endi kalendar kundan ish kuniga o’tishni sodda qilib tushuntirib beraman 42/7 (1 haftadagi kunlar soni)= 6 * 6 (yakshanba chiqarib tashlangan) = 36.
⚠️ Demak, sentabrda ishga kirgan o’qituvchiga 36 ish kuniga pul to’lanar ekan.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon