Янгиликлар
Ish haqi saqlanmagan ta’til olgan o’qituvchining ta’til puli kamayadami?
Ish haqi saqlanmagan ta’til olgan o’qituvchining ta’til puli kamayadami?
MK 226-moddasiga ko’ra, 2 haftadan oshgan ish haqi saqlanmaydigan taʼtil kunlari mehnat taʼtili olishga huquq beruvchi ish stajiga kiritilmaydi. Аynan shu kunlar soniga ish yilining tugash sanasi suriladi. MK 225-moddasiga koʼra, agar ushbu Kodeksning 226-moddasiga muvofiq ish yiliga kiritiladigan davrlarning summasi toʼliq 12 kalendar oydan kam boʼlsa, xodimning ish yili yetishmayotgan vaqtga suriladi.
Misol. Xodimning ish yili 2023 yil 9 iyulda boshlangan. Tegishincha, u 2024 yil 8 iyulda tugashi kerak edi. Biroq ish yili davomida xodimga davomiyligi 60 kun boʼlgan ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berildi.
Uning ish yili tugashi 46 kalendar kunga (60 – 14) suriladi va 2024 yil 23 avgustda tugaydi. Tegishincha, keyingi ish yili 9 iyuldan emas, balki 2024 yil 24 avgustdan boshlanadi.
Diqqat! Lekin o’qituvchilar yozda ta’tilga chiqishadiku?! Ularni ish yilini qanday qilib suramiz? Mehnat qonunchiligida ish yilini surishda pedagog xodimlar uchun alohida istisno mavjud emas.
???? MK 227-moddasi 6-qismiga chalg’imaslik lozim. Batafsil bu yerda: https://t.me/mehnathuquqi/7530
Bu qoida 1-ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibiga taalluqli, ish yilini surishga aloqasi yo’q.
❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish haqi saqlanmagan ta’tilga chiqqan (bu holat bola parvarish ta’tiliga chiqqan xodimlarga ham taalluqli) pedagogning har yilgi mehnat ta’tili pulini kamaytirish g’ayriqonuniy. Bu holatda pedagog xodimlarga ta’til pulini avans hisobida to’liq beraverish kerak (agar 1-ish yili bo’lsa MK 227-moddasi qoidalariga rioya qilish kerak). Unda pedagog ishdan bo’shab ketsachi, qarzga olgan ta’tili nima bo’ladi? Bu holatda MK 269-moddasini ishga solamiz! Batafsil bu yerda: https://t.me/mehnathuquqi/7251
Ish beruvchi har yilgi mehnat ta'tilini avans hisobida bermasachi, bu holatda MK 225-moddasi talabi bo'yicha xodimning ish yilini surish kerak! Lekin bu ham ish beruvchilarga ma'qul kelmaydi, chunki bu holatda o'qituvchi ayni o'quv yili boshlanganda ta'tilga chiqishi mumkin bo'ladida)) Ish beruvchi bunga ham ko'nmaydi. Shuning uchun eng yaxshi yo'li, xodimga avans hisobida ta'til berishdir.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon