Янгиликлар
Sudda ikki nafar farrosh 0.5 stavkadan ishlaydi. Bir nafar farrosh 4 oylik tuğruq taʼtiliga chiqdi va tuğruq ta'tili uchun tôlanadigan pulni ham olib bôldi. Xodimning tuğruq taʼtili tugagunga qadar uning ôrniga yangi xodim yoki ikkinchi xodimga 1 stavka q
Sudda ikki nafar farrosh 0.5 stavkadan ishlaydi. Bir nafar farrosh 4 oylik tuğruq taʼtiliga chiqdi va tuğruq ta'tili uchun tôlanadigan pulni ham olib bôldi. Xodimning tuğruq taʼtili tugagunga qadar uning ôrniga yangi xodim yoki ikkinchi xodimga 1 stavka qilib berish mumkinmi?
Har ikkalasi mumkin. Birinchi variant, Mehnat kodeksining 114-moddasiga binoan, yangi xodimni ishga qabul qilib, u bilan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi muddatiga mo‘ljallangan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.
Ikkinchi variant, Mehnat kodeksining 135-moddasiga asosan, mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi. Mazkur modda mazmunidan kelib chiqib 0,5 stavka asosida ishlayotgan xodimni vaqtincha asosda, tug’ruq ta’tiliga ketgan ayolning qaytib kelish davrigacha bo’lgan vaqtda 1 stavkaga o’tkazib turish mumkin.
Mehnat kodeksining 134-moddasiga ko’ra, mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi. Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqtining, ta’tilning davomiyligi va boshqa shartlar kiradi.
Yuqorida aytib o’tilgan ikkinchi variantda ijtimoiy omillar jumlasiga kiruvchi ish vaqti, shuningdek ish hajmi o’zgarmoqda.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon