Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Davlat boshqaruv organlari hisoblangan tashkilotlarining texnik xodimlari ham 27 kalendar kunidan iborat yillik uzaytirilgan mehnat ta’tiliga chiqadilarmi?


Davlat boshqaruv organlari hisoblangan tashkilotlarining texnik xodimlari ham 27 kalendar kunidan iborat yillik uzaytirilgan mehnat ta’tiliga chiqadilarmi?

MK 218-moddasiga ko’ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.

Moddaning mazmunidan ko’rinib turibdi, 27 kalendar kundan iborat har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridagi nafaqat boshqaruv xodimlari, balki texnik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga ham taalluqli! Bu bo’yicha O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining javob xatini ham ilova qilamiz!

 

Parkent tumani adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon