Янгиликлар
Xodimga ko‘p yillik ish staji uchun ta’til asosiy mehnat ta’tilidan alohida berilishi mumkinmi?
Xodimga ko‘p yillik ish staji uchun ta’til asosiy mehnat ta’tilidan alohida berilishi mumkinmi?
Ha, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra berish mumkin. Chunki MK 231-moddasiga ko’ra, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi 14 kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.
MK 216-moddasi 3-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:
asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.
MK 222-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, MK 220-moddasidagi bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra alohida berish mumkin!
Parkent tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon