Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qon topshirishdagi imtiyozlar


Qon topshirishdagi imtiyozlar

MK 283-moddasi va “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonun 20-moddasiga ko’ra, donor bo‘lgan xodimlarga bevosita qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin dam olish kuni beriladi. Xodimning xohishiga ko‘ra bu kun yillik mehnat ta’tiliga qo‘shiladi yoki qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan kundan keyin yil davomida boshqa vaqtda bu kundan foydalanilishi mumkin.

E’tibor bering, dam olish kuni beriladi, qo’shimcha ta’til emas! Chunki MK 222-moddasiga ko’ra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

Demak, testimizda pedagog xodimga 56 kalendar kun + 4 kun o‘rtacha ish haqi saqlanadigan dam olish kuni (ta’til emas) berilishi to'g'ri ekan ! Bu yerda har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi 60 kun bo’lib ketmoqda deb chalg’imanglar! Ta’til 56 kundan oshgani yo’q, 4 kun bu ish haqi saqlanadigan dam olish kunidir.

Buyruqda Falonchi Falonchiyevga 56 kalendar kundan iborat yillik uzaytirilgan ta’til hamda MK 283-moddasiga muvofiq 4 kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda dam olish kuni berilsin, xodimning ishga chiqish sanasi falon sana etib belgilansin deyiladi!

Diqqat! Donorlik faktini tasdiqlash, shu jumladan tibbiy tekshiruvdan o‘tish hamda bevosita qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish qon xizmati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki boshqa hujjat asosida amalga oshiriladi.

 

Parkent tumani adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon