Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Intizomiy jazo qanday olib tashlanadi


Intizomiy jazo qanday olib tashlanadi

 

Intizomiy jazoni kasaba uyushmasi qarori bilan olib tashlab bo’lmaydi. Intizomiy jazoni olib tashlash ish beruvchining huquqi hisoblanadi! Kasaba uyushmasi qoʼmitasi ish beruvchiga intizomiy jazoni olib tashlash yuzasidan iltimosnoma bilan chiqishi mumkin. Shunda ham, ish beruvchi iltimosnomani istasa qanoatlantiradi, istasa rad qiladi. Ya’ni ish beruvchi iltimosnomani qanoatlantirishga majbur emas.

Ish beruvchi intizomiy jazoni oʼz tashabbusiga koʼra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qoʼmitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga koʼra, bir yil oʼtguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrugʼi bilan rasmiylashtiriladi (MK 315 - moddasi).

Demak, intizomiy jazoni olib tashlash ish beruvchining huquqi hisoblanadi, buning uchun maʼlum bir muddat, masalan 3 yoki 6 oy belgilanmagan. Аgar ish beruvchi istasa jazoni istalgan vaqtda olib tashlashi mumkin. Buning uchun xodim qaydaydir yutuq yoki natijalarga erishishi ham shart emas. Ya'ni intizomiy jazoni olib tashlash uchun qanaydir asos ham shart emas.

 

Parkent tumani adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon