Янгиликлар
Mehnat kodeksida rotatsiya bormi?
Mehnat kodeksida rotatsiya bormi?
❌ Mehnat kodeksida “rotatsiya” tushunchasi mavjud emas. Mehnat kodeksida “xodimni boshqa ishga o‘tkazish” tushunchasi ishlatiladi. MK 138-moddasiga ko’ra, xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.
❗️ MK 139-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi.
✅ MK 140-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uning roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 145-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi hollari mustasno.
❗️“Rotatsiya” tushunchasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan https://lex.uz/uz/docs/-6145972
Qonunning 39-moddasiga (Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi) ko’ra, davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
✅ Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimga o‘z roziligi bilan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon
.