Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Men xalq ta'limi boshqarmasida santexnik bo'lib ishlayman. Mehnat ta‘tiliga chiqsam qonun bo'yicha necha kun bo'ladi.


Men xalq ta'limi boshqarmasida santexnik bo'lib ishlayman. Mehnat ta‘tiliga chiqsam qonun bo'yicha necha kun bo'ladi.

 

Javob

Mehnat kodeksining 217-moddasining har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi. Bundan kelib chiqib aytish kerakki, sizga minimal yigirma bir kalendar kun ta’til berilishi shart.

 

Mehnat kodeksining 218-moddasiga asosan, qonunchilikda belgilanganidan tashqari, har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar berish, shuningdek har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning davomiyligini uning qonunchilik bilan kafolatlangan davomiyligiga nisbatan ko‘paytirish jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilishi mumkin.

Shunday ekan sizga beriladigan ta’tilning aniq miqdorini bilish uchun ishlab turgan joyingizdagi jamoa shartnomasi bilan ham tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Parkent tumani adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon