Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi davlat dasturi asosida remontga yopilsa xodimning o‘rtacha ish haqimi yoki maoshining kamida uchdan ikki qismi saqlanadimi?


Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi davlat dasturi asosida remontga yopilsa xodimning o‘rtacha ish haqimi yoki maoshining kamida uchdan ikki qismi saqlanadimi?

MK 266-moddasiga ko’ra, ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga ko‘ra ishni vaqtincha to‘xtatib turish) xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

Ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.

Endi shu o’rinda savol tug’iladi? Remont ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqtga kiradimi yoki ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablargami?

Remont aynan qaysi sabablarga ko’ra amalga oshirilishiga ham ahamiyat berish kerak deb hisoblaymiz. Masalan, maktablarda remont asosan yozgi ta’til vaqtida amalga oshiriladi. Agar ish beruvchi aybi bilan remont yozgi ta'tilda o’z vaqtida amalga oshirilmadi va buning natijasida xodim bo’sh turib qoldi, bu ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt hisoblanadi.

Yong’in, suv toshqini, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar oqibatida tashkilot remontga tushsa, bu ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt hisoblanadi.

Agar remont davlat dasturi asosida amalga oshirilsa, bu bizning fikrimizcha, ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt deb hisoblaymiz hamda bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanishi kerak deb hisoblaymiz. Bu bizning shaxsiy fikrimiz hamda hech qanday yuridik kuchga ega emas.

!Bu masala bo’yicha O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz!

 

Parkent tumani adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i Xasanboyev Saidjon