Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga ish haqi to‘lash masalasi


Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga ish haqi to‘lash masalasi

MK 172, 254-moddalariga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.

❗️Hisob-kitob xodimga:

????oxirigacha olinmagan ish haqini;

????xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;

????agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

⚠️ Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

⚠️ Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3️⃣ kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

⚠️ MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

❗️Demak, mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari), xodim vafot etganligi, xodim ozodlikdan mahrum qilinganligi va boshqa har qanday asosga ko’ra bekor qilinsa, xodimga “расчётный” beriladi.

✅ Savolda so’ralgan holat bo’yicha, xodim Jinoyat kodeksi 45-moddasi bo’yicha muayyan huquqdan mahrum qilingan hamda mehnat shartnomasi MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilingan. Bu vaziyatda ham MK 172, 234, 254-moddalariga muvofiq xodimga “расчётный” beriladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Farmonqulov Vahob