Янгиликлар
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga ushbu oy uchun to‘liq to‘lanadi.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga ushbu oy uchun to‘liq to‘lanadi.
Masalan, pensioner 1-may kuni vafot etdi. Hali may oyi pensiyasini olmagan. 1-may sanasida vafot etgan pensionerning may oyi pensiyasi oila a’zolariga to’liq toʼlab beriladi.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.
Bugungi kunda pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 372 ming so’m. Shunda 372 ming*4=1 million 488 ming so’m “dafn puli” to’lab beriladi. Soliq kodeksi 369-moddasi 1-qismi 7-bandiga ko’ra, davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) mustasno jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Ya’ni sodda qilib aytganda, “dafn puli” to’liq qo’lga tegadi, unga soliq solinmaydi.
✅ Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin 60 kun ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.
❌ Ya’ni 60 kundan keyin murojaat qilingan boʼlsa, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pullar ya’ni pensiya va “dafn puli” to’lanmaydi.
Asos: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun 63-moddasi https://lex.uz/docs/-112314
Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti
Farmonqulov Vahob