Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun kamida 7️⃣ yil ish staji bo’lishi kerak.


Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun kamida 7️⃣ yil ish staji bo’lishi kerak.

7 yillik ish stajga ega bo’lish uchun aynan mehnat shartnomasi tuzib davlat tashkilotida yoki biror bir nodavlat tashkilotda ishlash shart emas. Stajga ega bo’lishning eng oddiy usuli bu – o’zini o’zi band qilishdir.

Fuqarolar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʼzini oʼzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4742-sonli Qarorda (https://lex.uz/docs/4849607#4850688) belgilangan 1️⃣0️⃣1️⃣ turdagi mehnat faoliyati bilan shugʼullansa hamda oʼrnatilgan tartibda oʼzini-oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari (340 ming soʼm)da ijtimoiy soliq toʼlovini toʼlasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi. Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi.

✅ Demak, fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamgʼarmasiga oʼzini oʼzi band qilgan fuqaro sifatida ijtimoiy soliq toʼlovini amalga oshirgan taqdirda, kelgusida pensiya olish huquqiga ega boʼladi. Yoshga doir pensiya tayinlash uchun eng kam staj 7 yilni tashkil qiladi. Yaʼni erkaklar 60 yoshga toʻlganda va ayollar esa 55 yoshga toʻlganda kamida 7 yillik stajlari boʻlsa, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.

Hozirgi kunda, ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʼshimcha toʼlovni hisobga olgan holda — oyiga 621 000 soʼmni tashkil etadi.

❗️Soddaroq qilib tushuntiraman, o'zini o'zi band qilib 1 yilga 340 ming so’m to’ladingiz. Tushunarliroq bo'lishi uchun, bazaviy hisoblash miqdorini o’zgarmas miqdor deb tasavvur qilaylik (aslida bu miqdor o’zgaradi, oshib boradi) 340 ming * 7 yil = 2 million 380 ming so’m. 7 yilga shartli ravishda 2 million 380 ming so’m to’laysiz. 7 yillik stajga ega bo'lib, yoshga doir pensiya chiqdingiz. Ana endi umrbod har oyda shartli miqdorda 621 ming so’m pensiya olasiz, chunki pensiya miqdori oshsa 621 ming ham oshib boradi Agar ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasangiz, pensiya miqdori ham shuncha yuqoriroq bo’ladi.

❌ 2 million 380 ming so’mni birdaniga to’lab, 7 yillikni stajni sotib olish mumkinmi❓ Yo’q, bu mumkin emas. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi ijtimoiy soliqni har yili 7 yil davomida to’lab borishingiz kerak bo’ladi!

❗️O’zini o’zi band qilib mehnat stajiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan fuqarolar o‘z yashash joylaridagi Davlat xizmatlari markaziga va Soliq organlariga bevosita tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin.

Oqqo‘rg‘on tumani YXKM bosh yuriskonsulti

Farmonqulov Vahob